Hazratning nomidan ish qilish

Assalomu alaykum!!! Allohga beadad hamdlar bo‘lsin, so‘nggi vaqtlarda Shayx hazratlarining ilmiy meroslari to‘xtovsiz qaytadan nashr qilinmoqda. Bu esa biz - kitobxonlarni behad xursand qilmoqda. Biz hech qanday shak-shubhasiz Hazratning kitoblaridagi ilmiy mulohaza va o‘gitlarga (ishonch bilan) amal qilishga harakat qilamiz. Shu sabab menda bir savol tug‘ildi, hozirgi tehnika davrida har qanday qabih ishni osonlik bilan qilish mumkin. Masalan, Hazratning birorta kitobini olib, ichidagi ma’lumotlarni o‘zgartirib ya’ni aqidaviy va fiqhiy masalalarni buzgan holatda chop etib tarqatish mumkin-ku!!! Yoki  hazratning ovoz tonlarida har qanday audio ma’ruza yaratish mumkin, uni tarqatish esa undan ham oson. Hazratga ixlos qo‘ygan (kuchli ilmga ega bo‘lmagan) yoshlar bu tuzoqqa osongina ilinishi mumkin. Shu va shunga  o‘xshash qabih niyatli kishilarning yo‘lini to‘sish uchun qanday tadbirlar ko‘rilgan? Chunki, so‘nggi vaqtlarda ahli ilmlarga «tosh otuvchi»lar ko‘payib qoldi!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shuning uchun kitob va disklarni faqat ishonchli do‘konlardan, misol uchun Hilol nashrning rasmiy filiallaridan xarid qilish kerak. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun hilolnashr.uz  sahifasiga murojaat qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar