Zikr va boshqa savollar
Assalomu alaykum! Kishi xar saxar va shomda 100 marta «Subxanollohi va bixamdixi subxanolloxal aziym»ni aytsa Alloh unga qabul bo‘lgan yuz xaj savobini beradimi?
2). Ayollar barcha namozlarini doimo o‘zlari eshitadigan darajada o‘qiydilarmi? Qiroatinichi?
3). Ro‘zador taxoratida uchiga suv ketib qolmasligi uchun bir ikki marotaba tuflasa, makrux bo‘ladimi? Joiz emasmi?
4). 12 yoshga to‘lmagan o‘g‘il bolalar bilan qo‘l bilan salomlashish, bemalol gaplashish joizmi? Bizlarga berayotgan javoblaringiz, ilmlaringiz uchun rahmat. Allohning O‘zi yaxshiliklar bilan mukofotlab rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كَلِمَتَانِ خَفِيفَتَانِ عَلَى اللِّسَانِ، ثَقِيلَتَانِ فِي الْمِيزَانِ، حَبِيبَتَانِ إِلَى الرَّحْمَنِ: سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللهِ الْعَظِيمِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki so‘z tilga engil, tarozida og‘ir, Rohmanga suyuklidir: «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil aziym», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Ha, «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil azim»ni aytish tilga juda ham engildir, osondir. Ammo tilga juda engil bo‘lgan bu so‘zlarning qiyomat kuni bandaning amallarini tortadigan tarozidagi vaznlari juda ham og‘irdir. Bu dunyoda ushbu so‘zlarni savob umidida, niyat va ixlos ila aytib yurgan banda u dunyoda katta baxtga sazovor bo‘lishi turgan gapdir, chunki u Alloh taologa suyukli bo‘lgan so‘zlarni aytib yurgan. Bas, shunday ekan, «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil azim»ni ko‘proq aytishga odatlanaylik. ("Hadis va Hayot" kitobidan). 2). Ikkisini ham o‘zi eshitadigan o‘zgalarga eshtilmaydigan darajada. 3). Makruh emas. 4). U ham joiz emas. Siz aytgan yoshdan yoshni murohiq, ya’ni shahvati uyg‘onishni boshlagan yoshdagi deyiladi. Ko‘rishishlar ularda uyg‘onishni yanada tezlashtiradi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar