7 tasbeh duosi

Assalomu alaykum! Iltimos shu haqida hadis rostan ham bormi. MAVLUD OYI FAZILATIDAN G‘AFLATDA QOLMANG 7 TASBEH DUOSI HAQIDA Kim erta tongda bomdod namozidan keyin 7 TASBEH DUOSINI ӮQISA UShA KUNI ALLOH TAOLO HAR QANDAY GUNOHINGIZ BӮLSA HAM DUOYINGIZNI QABUL QILADI inshaalloh BIRINChI : Bomdod namozi o‘qiladi IKKINChI : Subhanalloh 100 marta aytiladi UChINChI : Alhamdulillah 100 marta aytiladi TURTINChI : Allohu Akbar 100 marta aytiladi BEShINChI : Laa ilaha illalloh 100 marta aytiladi OLTINChI : Laa havla vala quvvata illaa billahil a’liyyil ’aziym 100 marta aytiladi ETTINChI : ASSALOMU ALAYKA Ya RASULALLOH yoki o‘zingiz bilgan salavot 100 marta aytiladi YaNA 100 MARTA ASTAG‘FIRULLOHNI AYTIB OXIRIDA SAYYIDUL ISTIG‘FOR DUOSINI UQIYDI SAYYIDUL ISTIG‘FOR Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim sayyidul istig‘for – «Allohumma anta robbiy laa ilaaha illa anta xolaqtaniy va ana ’abduka va ana ’ala ’ahdika va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri maa sona’tu, abu‘u laka bini’matika ’alayya va abu‘u bizambiy fag‘firliy fainnahu laa yag‘firuz zunuba illa anta» ni kechki payt aytib, shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda ham jannatga kiradi», dedilar. اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي لّا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ، خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ، وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ، وأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ، أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ، وَأَبُوءُ بِذَنْبِي فَاغْفِرلِي فَإِنَّهُ لَا يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلَّا أَنْتَ (Ma’nosi: «Allohim! Sen parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarni kechira olmaydi.) (Buxoriy rivoyati.) ShUNI UQIGANDAN KEYIN DUO QILSA ALLOH TAOLO HAR QANDAY GUNOHINGIZ BӮLSA HAM DUOYINGIZNI QABUL QILADI INShAALLOH MUHAMMAD YuSUF IBN MUHAMMAD TAYYoRLADI
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni mavlid oyiga tegishli joyi yo‘q. Ularni har biriga alohida-alohida hadislar kelgan. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 471 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar