Burun bitib qolganda ro‘za

Assalomu alaykum! Allergiyam bor, qishin yozin burnim bitadi, dori sepmasam, nafas olishga qiynalaman. Kunduz kuniyam 2-3 maxal sepmasam bo‘lmaydi. Mutaxassislardan muolajalar olayapman. Foyda bermayapti. Bu yilgi ro‘zamni qanday tutsam bo‘ladi? Yoki menga o‘xshaganlarga dori sepish mumkinmi? O‘tgan yilgi ro‘zamdan 20 kunligi qolib ketgan. Uni nima qilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ro‘zani ham tutasiz, kafforatini ham berasiz. Shunisi ehtiyotliroq. Xuddi sovunga o‘xshash mavjud dori bor ekan. O‘shani burningiz teshigini atrofiga surtib dimog‘ingizni ochishingiz joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar