Do‘stimni duo qilinglar

Assalomu alaykum! Alloh sizlarni qilayotgan amalingizni bardavom aylasin. Birodarimning farzandini mashina turtib ketgan, duo qilinglar u hozir shifoxonada. Ushbu oylarda duo qilsangizlar in sha Alloh duolaringiz qabul bo‘ladi.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 2613. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«U kishi o‘ziga «Tobim yo‘q», degan Sobitga:
«Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dam solishlari ila dam solib qo‘yaymi?» dedi.
«Ha», dedi u.
«Allohumma! Robbannasi, muzhibal ba’si. Ishfi. Antash-shaafiy. Laa shaafiya illaa anta. Shifaan laa yug‘odiru saqman», dedi».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Mazkur dam solish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng mashhur dam solishlaridir. Uning ma’nosi quyidagicha:
«Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkazguvchi! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. O‘zingdan o‘zga shifo beruvchi yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!» (“Hadis va Hayot”). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 125 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar