Namoz joyida bolalarning bo‘lishi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Yaqinda bir joyda "Namoz o‘qiydigan joylaringizga bolalarni kiritmang" mazmunidagi yozuvni o‘qib qoldim (uzr, aniq so‘zlarini eslab qolmabman. Mazmunini shunaqa tushundim). Qavs ichida "hadisdan" deb yozib ham qo‘yilgan ekan. O‘ylanib qoldim. Chunki uyda namoz o‘qiganimda kichik farzandim (2 yosh) meni atrofimda bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Aksariyat hollarda yonimga kelib turib oladi, sajda qilganimda u ham joynamozim ustida o‘zicha "sajda" qiladi, duoga qo‘lini ochadi. Ba’zida namoz paytida kelib orqamga osiladi, o‘tirganimda tizzamga kelib o‘tirib oladi. Aslida, uning yonimda bo‘lishi o‘zimga ham yoqadi. Chiqib ket desam, yig‘laydi ham. O‘ylardimki, agar namoz o‘qiyotganimni ko‘rsa, u ham namozga mehr qo‘yarmikin katta bo‘lganida deb. Savolim: yuqoridagi mazmundagi hadis sahihmi? Bolalar kattalarning namoziga halaqit qilmasa, namoz paytida o‘sha xonada tursalar bo‘ladimi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qilayotgan ishingiz to‘g‘ri. Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odamlarga imom bo‘lib namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim. Umoma binti Abu Oss, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qizlari Zaynabning qizi, elkalarida edi. Bas, qachon ruku’ qilsalar, uni erga qo‘yar va sajdadan tursalar, qaytarib olar edilar». Boshqa bir rivoyatda: «Qachon sajda qilsalar uni qo‘yar va qachon tursalar ko‘tarib olar edilar», deyilgan. Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘ta bolajon ekanliklari ma’lum va mashhur. U zot Imom hasan va Imom husayn roziyallohu anhularni ko‘tarib olib, namoz o‘qiganlari haqida rivoyatlar ko‘p. Ushbu rivoyatda esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam katta qizlari Zaynab roziyallohu anho va kuyovlari Abu Ossning qizlari Umomani ko‘tarib olib imomlik qilganlari haqida so‘z bormoqda. Demak, yosh bolalarni ko‘tarib olib, ularni erga qo‘yib, yana qo‘lga olish bilan namoz buzilmaydi. Ushbu va shunga o‘xshash boshqa hadislar bunga dalil va hujjatdir. Chunki kichik bolalar ota-ona va bobo-momolariga ko‘p osilishadi. hojatlari bor. Buning ustiga bu ishning yaxshi tomoni bor. Namozning ichida aralashib o‘sgan bolalar ibodatga mo¬yil bo‘lib o‘sadilar. Bolalar va ularning kiyimlari pokligiga hukm bor. Faqat najosat ochiq-oydin ko‘rinib turgan bo‘lsa uni ketkazish kerak.
26 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 171 | Namoz