Men to‘g‘ri fatvo berdimmi?

Assalamu alaykum! Hay’t a’zolari men bir qirg‘iz akamiz bilan birga ishlayman. U kishi mendan “olamdan o‘tib ketgan otamning o‘rniga qolib ketgan ro‘zalarini tutib bersam bo‘ladimi” dedi. Men “Ha. Lekin kelayotgan Ramazon oyi ro‘zasini o‘zingiz uchun tutasiz, ro‘za oyi chiqqanidan keyin otangiz o‘rniga tutib berasiz. Faqat juma kunlari tutmang, chunki u kunlari harom bo‘ladi” dedim. Men to‘g‘ri fatvo bera oldimmi? Har kun shu haqida o‘ylayman. Javob uchun oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dinimizda biror kishi o‘rniga ro‘za tutib berish yoki qolgan namozini o‘qish yo‘q. Siz aytgandek otasi olamdan o‘tgan bo‘lsa oyati karimaga binoan, tutolmagan kunlari ro‘zalarining evaziga fidya beradi. Fidyaning miqdori bir miskinni bir kunlik qornini to‘ydirish. Ulamolar uni yarim so’ bug‘doy bilan belgilashgan. Yarim so’ bug‘doy ikki kiloga yaqin bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:30 | Savol-javoblar | 142 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar