Baliq halqumni halollaydimi?

Assalomu alaykum! Baliq halqumni halollaydi Ro‘zadan oldin eyish kerak deb ikki ishchimiz so‘z talashib qolishdi. Biri “bu bo‘magan gap baliq halolligi rost lekin halqumni halollashi bo‘magan  gap” deb aytdi va sizlardan shu savolga javob berishingizni iltimos qilishdi. Oldindan rahmat sizlarga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halqumni, inson o‘zi haromdan saqlanib halol qiladi. Bo‘lmagan gap degan kishi to‘g‘ri aytibdi. Bu kabi gaplar ovqatlarni ajratib olish yahudiylarda bo‘lar edi. كُلُّ الطَّعَامِ كَانَ حِلاًّ لِّبَنِي إِسْرَائِيلَ إِلاَّ مَا حَرَّمَ إِسْرَائِيلُ عَلَى نَفْسِهِ مِن قَبْلِ أَن تُنَزَّلَ التَّوْرَاةُ قُلْ فَأْتُواْ بِالتَّوْرَاةِ فَاتْلُوهَا إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ۝ 93. Tavrot nozil qilinishidan oldin Isroil o‘ziga harom qilgandan boshqa hamma taom Banu Isroilga halol edi. «Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, Tavrotni keltirib, o‘qinglar», – deb ayt! ("Tafsiri hilol" kitobidan “Oli Imron” surasi). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar