Dorixonada ish boshqaruvchi

Assalomu alaykum! Dorixonada ish boshqaruvchi bo‘lib ishlayman. Ayrim ulgurji firma va vakillar bilan kelishuv asosida pul o‘tkazish yo‘li bilan tovarlar olaman. Ular ayrim tovarlarni summasiga qarab 5-10% aktsiya va narxini chegirma qilishadi va bu aktsiya va chegirma evaziga pul va har xil buyumlar berishadi. Shu aktsiyada berilgan pul va buyumlarni olsam menga halol bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi. Chunki ular dorixonaning egasiga tegishli. Agar o‘zingizga yaxshi ishlaganingiz uchun shaxsiy qilib berishsa boshqa gap. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar