Tahoratsiz holda kitob o‘qiganda
Assalomu alaykum hurmatli shayx hazratlari!Biz aksariyat diniy ma’rifiy kitoblarni (masalan: Hadis va Hayot, Riyoz us solihiyn, Zikr ahlidan so‘rang va hoqazo) o‘qiyotgan paytida oyatlarda ham duch kelamiz. Ammo shunday holatlarda tahorat bo‘lmasa gunoh bo‘lmaydimi?Shaxsan men tahoratli holatda mazkur va boshqa kitoblarni o‘qishga harakat qilaman. Ammo gohida tahoratim bo‘lmagan holda shu narsaga ikkilanaman. Vassalamu alaykum va rohmatulloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning savolingizga muxtasari Viqoyaga yozgan “Kifoya” nomli hali chop etilmagan kitobimdan shu mavzuga tegishli joyini keltirish ila javob bermoqchiman.Junub va nifosli shaxs kabi hayzli shaxs ham kichik betahoratga xilof o‘laroq qiroat qilmaydi. Ya’ni, junub, nifosli va hayzli shaxslar Qur’on qiroat qilishlari mumkin emas. Imom Termiziy, Ibn Moja va boshqalar Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Hayzli ayol ham, junub ham Qur’ondan hech narsani qiroat qilmaydi», deganlar.Ammo hayzli ayol ta’lim uchun harf-harf qilib o‘qisa joizligiga ulamolar ruxsat berganlar.Tahoratsiz kishi mushafni ushlamay, qiroat qilsa bo‘ladi. Ularning barchasi mushafni ushlamaydi. Ya’ni, junub, nifosli va hayzli shaxs hamda kichik betahorat kishi mushafni ushlamaydi.Alloh taolo «Voqe’a» surasida:«Uni faqat poklanganlargina ushlaydir», degan (79-oyat).Mazkurlarning barchalari pok emaslar.Illo yopishmagan g‘ilof ila ushlash bundan mutasno. Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda Abu Voil o‘zining hayzli xodimasini Raziynning oldiga borib mushafni olib kelishga yuborishi va u g‘ilof ila olib kelishi aytilgan.Mazkur shaxslar tafsir, hadis va fiqh kitoblarini ushlashlari ham mumkin emas. Chunki ul kitoblarda ham oyati karimalar bo‘ladi.Kiyimning engi bilan ushlash makruhdir. Chunki kiyim ushlovchiniki va uning bir bo‘lagi hisoblanadi. Surasi bor dirhamni ham xamyonsiz ushlamaydilar.Avvallari ba’zi dirhamlarga «Ixlos» surasi yozilar edi. Demak, sura yozilgan narsalarni ham betahorat kishilar ushlashi mumkin emas.Qur’oni Karimni oqishi, kuyishi, najosatga tushishi kabi xavflar bo‘lsa mazkur kishilar ushlashlari mumkin.Qur’onni tahoratsiz varaqlab ham bo‘lmaydi. Qalamga o‘xshash narsa bilan varaqlashga ruxsat bor. Kichik bolalar ushlasa, mayli.
30 Aprel 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 249 | Qur’oni karim