Namoz o‘qimagan farzandlar sabab ota-ona azoblanadimi

Assalomu alaykum! Men bir tanishimga to‘g‘ri manoda “agar farzand to‘g‘ri ibodatda xalol yurmasa ota onasi olamdan o‘tgan bo‘lsa azoblanadi. Agar farzand to‘g‘ri yursa ibodatda, xalol mexnat qilsa ota ona xuzurlanadi” deb aytib qo‘ydim. Bu gapim noto‘g‘ri bo‘lmadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Azoblanadi. Chunki ota-ona yoshligidan ularga Islomni tushuntirishi, harom-halolni o‘rgatishi kerak edi. Bularni o‘rgatmagani uchun farzandlar qiyomat kuni ota-onaning bo‘yniga osiladi ham. Alloh taolo “Ma’orij” surasida marhamat qiladi: وَلَا يَسْأَلُ حَمِيمٌ حَمِيمًا۝10. Va qadrdon do‘st o‘z qadrdon do‘stidan so‘ramaydir.
Chunki bu kunda hamma o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Shuning uchun do‘st o‘z do‘stidan hol so‘ray olmaydi. Ular bu ishni bir-birlarini ko‘rmaganlari uchun qilmaydilar. Balki ko‘rib-bilib turib, do‘st o‘z do‘stidan hol so‘ray olmaydi. Ha, يُبَصَّرُونَهُمْ يَوَدُّ الْمُجْرِمُ لَوْ يَفْتَدِي مِنْ عَذَابِ يَوْمِئِذٍ بِبَنِيهِ۝ وَصَاحِبَتِهِ وَأَخِيهِ۝ وَفَصِيلَتِهِ الَّتِي تُؤْويهِ۝ وَمَن فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ يُنجِيهِ۝11. Ularni ko‘rib turadirlar. Jinoyatchi xohlab qoladiki, o‘sha Kun azobi badaliga o‘z farzandlarini fido qilsa…
12. va xotinini va aka-ukasini ham…

13. va uni o‘ziga olgan qabilasini ham…
14. va er yuzidagi jamiki kimsalarni ham, so‘ngra o‘zi najot topsa. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar