Kiyim ranglari

Assalomu alaykum! Avvalam bor Shayix Hazratlarini Alloh joyilarini jannatdan qilsin, yotgan joyilarini yorug‘ qilsin Amiyn. Hammadan har xil so‘z eshitayapman. Muhammad sallolohu alayhi vasallam qanday rangli kiyimni yaxshi ko‘rib kiyganlar? Chunki men bahorning boshida olimpika sotib oldim. Uning rangi och yashil edi. Menga “buni kiymagin, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bu rangdan qaytarganlar” deyishdi. Javobingiz uchun rahmat Alloh rozi bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ayollar uchun barcha ranglar joiz. Erkaklar uchun esa za’faron surtilgan hamda usfur o‘simligi bilan bo‘yalgan kiyimdan tashqari barchasi joiz. To‘q qizil kiyim bo‘lsa ulamolar ixtilof qilishgan. Usfur o‘simlik bo‘lib, odatda kiyimlarni o‘sha bilan bo‘yashgan. Undan yoqimsiz hid taralib turgan. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam ustimdagi usfur bilan bo‘yalgan ikki kiyimni ko‘rib qolib: Onang shunga buyurdimi” dedilar. Men yuvib tashlaymi dedim. U zot ikkisini yoqib yubor dedilar”. Muslim rivoyat qilgan. Bundan tashqari oq, sariq, yashil va boshqa barcha ranglardan shariatimizda qaytarilgan emas.  Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar