Amalim durustmi?
Assalamu alaykum! Marhum otam-onam o‘qituvchi bo‘lishgan. Ularning eng muhim shiorlaridan biri farzandlarini bir-biriga mehr oqibatli qilib tarbiyalash edi. Men oilamizning kichigiman. Kenja farzand bo‘lganim uchun ota-onam mehridan ko‘proq bahramand bo‘ldim. Otam rahmatli vafot etishlaridan bir necha kun oldin Menga"Opa-akalaring o‘rtasida mehr oqibatni saqlab qolishga mas’ulsan" deb vasiyat qildilar. Otam o‘tganlaridan buyon bu vasiyat qulog‘imda bot-bot takrorlanib turadi. Opa-akalarim bari o‘zi to‘q, ishli va bir-birimizga yaqin yashaymiz. O‘zaro kelishib har juma oqshomi(payshanba kechkurun) yig‘ilishib diydorlashamiz. Kattalarimiz, bilimliroqlarimiz nasihat qilishadi, ota-onamizni eslab Qur’on tilovat qilib, tayyorlangan taomlarni Alloh yo‘liga sadaqa deb niyat qilib, savoblarini ota-onamning ruhlariga bag‘ishlaymiz. So‘ngra uylarimizga tarqalamiz. G‘oya muallifi menman. Hayolimda tug‘ishganlarimni yig‘ib turmasam oramizda mehr-oqibat ko‘tarilib, silai-rahm aloqalariga futur etadigandek ko‘rinadi va otamni vasiyatlarini bajaraolmaslikdan cho‘chiyman. Opamlarning erlari ham bunday yig‘ilishimizga qarshi emas. Hurmatli ulamolar to‘g‘ri yo‘ldamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juda yaxshi ishni qilar ekansiz. Lekin tayyorlangan taomlarni Alloh yo‘lida sadaqa deyishingiz noto‘g‘ri. Chunki qarindoshlaringiz orasida sadaqa eyishga loyiq bo‘lmaganlari bo‘lsa, ularga o‘sha taomlardan eyish nojoiz bo‘lib qoladi. Ziyofat deb niyat qilib, qilgan ziyofatingizni Alloh qabul qilib va savobini ota-onangizga etishini niyat qilishingiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:41 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar