Nikoh to‘yi uchun qarz olish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim uylanmoqchi. Hozir nikoh to‘yi qilishga sharoiti yo‘q. Nikoh to‘yi qilish uchun biror kishidan qarz olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-agar foizga qarz oladigan bo‘lsa, bu mutlaqo mumkin emas. Sahobalarning bir nechalari Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan uylanish haqida so‘raganlarida “Sizlardan qaysi biringiz booaga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki uylanish ko‘zni tiyuvchi va farjni saqlaguvchidir. Kim uylanishga qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin. Chunki ro‘za uning shahvatini kesuvchidir” deganlar. Hadisdagi booa-dan murod, mahr va nafaqadir. Ushbu hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uylanishga qodir bo‘lmaganlarga qarz olishga buyurmaganlar. 2-ayollarning eng barakalisi chiqimi kam bo‘lgani. Baholi qudrat to‘y qilishga qodir bo‘lsa, imkoniyatidagini sarflab qilish kerak. Fahri koinot, sarvari olam Rosululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘mina onalarimizga uylanganlarida valiyma qilib dasturxonga qo‘ygan narsalari hurmo va suv bo‘lgan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar