Internetdagi kurslarni bir necha kishi sotib olishi haqida

Assalomu alaykum! Men oxirgi vaqtda dasturlashga juda qiziqib qolganman. Kelajakda shu ishni yaxshi o‘rganib, kasb qilmoqchiman, Inshaalloh. Hozir ko‘pchilikka ma’lumki, internetda onlayn o‘quv markazlari bor. Aniqrog‘i chet elniki. Elektron shaklda videodarslar shaklida sotiladi. Lekin ularning narxlari juda qimmat. Yaxshi kurslar 100 AQSh dollari yoki undan qimmatroq turadi. Kerakli bir necha kursni o‘zim sotib olishga qurbim etmaydi. O‘sha kurslarni bir necha kishi pul to‘plab, birgalikda sotib olsa va foydalansa bo‘ladimi? Deylik agar o‘sha shirkatning "talab va shartlar" bo‘limida bu narsa umuman ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sotuvchi yoki muallifning o‘zidan so‘rang. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar