Qur’onni o‘qishim

Assalomu alaykum! Qur’oni Karimni bag‘shida qilib o‘qiyapman degandim arabcha o‘qiyabsiz degan umiddaman degandiz. Lekin u kitob tarjima qilingan bizani tilimizga, men shu kitobni o‘qiyotgandim, endi o‘qimaymi? 2. Allohimning izni bilan xijobga kirdim qo‘shni ayollar xam nomaxram xisoblanadimi? Yana qaynotam yonida ro‘molsiz yursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qur’onni nozil bo‘lgan, ya’ni arab tilida o‘qilsagina tilovat bo‘ladi. Siz arab tilini o‘rganib oling hozir bu qiyin ish emas.2). Alloh muborak qilsin. Ayollar nomahram bo‘lmaydi, ammo ayol kishining ayollar oldidagi avrati kindigi ostida tizzasining ostigacha bo‘ladi. Qaynota oldida siporoq kiyinib kichik ro‘mol bilan yursangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 153 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar