Alloh haqida qanday gumonda bo‘lishim kerak?
Assalomu alaykum! Men bir ilmsiz odamman. Yaqinda boshqa viloyatdan Toshkentga keldim va ijarada turayapman. Uyda besh vaqt namozni vaqtida ado etardim. Bu erda “boshqalar noto‘g‘ri tushunadi” deb namoz o‘qimay qo‘ydim. Juda katta gunoh qilayotganimni tushunib turibman. Avvallari zikr va duolar qilardim, hozir bu ibodatlarni ham yig‘ishtirib qo‘ydim. Chunki menga “namoz o‘qimayotganim uchun endi duo qilishga haqqim yo‘qmikan” degan hayol kelayapti. Aslida Toshkentga ulkan maqsadlar ila, duolarim ijobat bo‘lishi uchun kelganman. Ishlarim ham qandaydir orqaga ketayotgandek tuyulayapti. Zikr va duolar qilmayotganim to‘g‘rimi? Hozirgi holatimda Alloh haqida qanday gumonda bo‘lishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! https://muslimaat.uz/yahshi-gumonda/ Shaddao ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kayyis(fursatni, umrni g‘animat biluvchi) kishi nafsini tergab, oxiratiga ishlovchi kishidir. Ojiz esa, nafsini havosiga tobe’ qilib, Allohdan turli umidlarni qiluvchidir”, deyilgan. Termiziy rivoyat qilgan.
26 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 149 | Namoz