Paynetda mijozdan haq olib qolish

Assalomu alaykum! Meni paynet shaxobcham bor. Men mijozlardan xizmat haqqi olib ishlayman. Ya’ni mijoz 5000 so‘m to‘lasa, men 4800 so‘m mijozning hisobiga pul o‘tkazaman. Albatta bundan mijozning xabari bo‘ladi, lekin masalaning ikkinchi tomoni paynet bilan tuzilgan shartnomada qo‘shimcha ustama haqqi olish mumkin emas. Ammo xizmat haqqi olishlikdan maqsad paynetning bergan oyligi ijara, operator, farrosh  va hokazolarga etmaydi. Shu olayotgan xizmat haqqimiz  joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olmang. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:27 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar