Joynamozdagi oshiqcha bitiklar

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men sizdan joynamoz haqida so‘ramoqchi edim. Bir kuni men peshin namozini o‘qiyotib, joynamozdagi bir belgiga ko‘zim tushib qoldi. Mening joynamozimda Ka’batillohning rasmi bor edi va uning o‘rtasida xochga o‘xshagan + belgi turibdi. Buni ko‘rdim-u, darrov namozni to‘xtatib joynamozni yig‘ishtirib, boshqa erda o‘qidim. Meni qilgan ishimni ko‘rgan bir odam meni so‘kib berdi. Men unga xochni rasmini ko‘rsatdim, lekin u “bu biddia’t hisoblanadi” dedi. Shu gap to‘g‘rimi? Maslahat bering. Javob uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Aslida, joynomozda hech narsa bo‘lmagani afzal. Fikr qochmasligi uchun. Qolgani odamlarning o‘zlaricha aytgan gaplari bo‘ladi.

26 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar