Baqe’ qabristoni haqida
Assalamu alaykum! Bu yil Muborak Haj ibodatiga borish niyatidaman. Avvalo duo qilsalaringiz, Alloh taolo Haj ibodatini O‘zi xohlaganidek ado etishimni nasib qilsin. Savolim shunday: kitoblarda o‘qiganman “Payg‘ambarimiz alayhissalomning zavjai muhtaramalari, ulug sahobiylar Baqe’ qabristoniga dafn qilingan” deb yozilgan. Haj ibodatini ado etib bo‘lgandan so‘ng mazkur qabristonga borib, ulug‘larning qabrlarini ziyorat qilishga shariatning hukmi qanday? Bunga ruxsat beriladimi? Geografik o‘rni jihatdan ushbu qabriston ziyoratgohlarga yaqinmi? Batafsilroq tushuncha berishlaringizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo hajingizni mabrur, sa’yingizni mashkur va gunohlaringizni mag‘fur aylasin. Ha, Baqi’ qabristonida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutahharalari Savda, Oisha, Hafsa, Zaynab binti Xuzayma, Ummu Salama, Zaynab binti Jahsh, Juvayriya, Safiyya va Ummu Habiba onalarimiz; joriyalari Rayhona va Moriyai Qibtiya; farzandlari Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum, Fotima va Ibrohim; nabiralari Abdulloh, Hasan va Zaynab roziyallohu anhumlar hamda juda ko‘p sahoba, tobein va tabaa tobeinlar dafn qilingan. Haj yoki umra niyati bilan Makka va Madinaga borgan kishi Masjidi Nabaviy, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari, Qubo masjidi, Uhud shahidlari qabristoni qatori Baqi’ qabristonini ham ziyorat qilishi sunnat hisoblanadi. Mazkur ziyoratgohlar Madinai Munavvarada joylashgan bo‘lib, xususan, Baqi’ qabristoni Masjidi Nabaviydan chiqib, qibla tarafiga qaraganingizda, to‘g‘ri-chap tarafda joylashgandir. "Madinai munavvarada sahobalar dafn etilgan Baqi’ qabristoni, shahidlar qabristoni va Uhud tog‘i tagida hazrati Hamzaning qabrlari bor. U erlarni ham ziyorat etish juda savobli ishdir. Payg‘ambar alayhissolatu vassalom ularni doimo ziyorat qilar edilar. Ziyorat paytida: السَّلَامُ عَلَيْكُمْ دَارَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ، إِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَاحِقُونَ، نَسْأَلُ اللهَ لَنَا وَلَكُمُ الْعَافِيَةَ. «Assalamu alaykum daro qavmin mu’miniyn. Inna inshaallohu bikum lahiquun. Nas’alulloha lana va lakumul ’aafiyah», (Assalomu alaykum, ey mo‘min qavmlar diyori! Albatta biz, Alloh hohlasa, sizlarga etishuvchimiz. Allohdan o‘zimizga va sizlarga ofiyat so‘raymiz) degan duo o‘qiladi". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Hadis va Hayot") Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:52 | Savol-javoblar | 480 | Haj va umra