Bomba so‘zlar
Assalamu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Saytdagi “bomba so‘zlar” maqolasini o‘qib ancha xursand bo‘ldim. Gapimni boshlashdan oldin aytib o‘tay, men ahli sunna yo‘lida va imomi A’zam mazhabidaman. Davlatimizda olib borilayotgan siyosatga butkul qo‘shilaman va unga hech qanday g‘araz niyatim yo‘q. Menimcha bu so‘zlar orasiga hijob so‘zini ham qo‘shish kerak. Chunki ayollarimiz uchun farzi a’yn bo‘lgan bu amalni go‘yoki, faqat diniy oqim a’zosi bo‘lgan ayollar kiyadigan, judayam bir qo‘rqinchli kiyimga aylantirishdi. Odamlar bu ulug‘ libosni jamiyatimizning turli buzuqchilik, fohishabozlik illatlaridan to‘sishi aniq bo‘lgan hijobni, go‘yoki “diniy oqim vakilasi o‘zining qiladigan buzuq niyatini shuning ichiga yashiradi” deb o‘ylanadigan bo‘ldi. Ya’ni hijob kiygan ayolga din ahkomini bajarayotgani, o‘zining iffatini, qadru-qimmatini, jamiyatimizning g‘ururi va musaffoligini himoya qilayotgan ayol emas, balki, qaysidir diniy oqim a’zosi va shu oqimning buzg‘unchi g‘oyalarini tarqatib yurgan qo‘rqinchli bir ayol sifatida ko‘rila boshlandi. Bu chetdagi din dushmanlarini "yutug‘i" bo‘lsa, bizning esa juda ham og‘riqli nuqtamiz bo‘lib qoldi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Juda ham to‘g‘ri gap. Muslimalarning shariat ko‘rsatmasi asosida kiyinishi farz ekanini hech kim unitmasligi kerak. Bunday kiyinish doimo sharaf bo‘lib kelgan va sharaf bo‘lib qoladi. Hozirda ba’zilari o‘zlaricha turli safsatalarni gapirishga odatlanib qolishdi. Din to‘g‘risida gap ketganda har bir so‘zni yaxshi anglab gapirish lozim. Misol uchun namoz o‘qigan, aroq ichmagan va shunga o‘xshash shariatga muvofiq ish tutganlarni "vahhobiy"likda ayblash odat tusiga kirib bormoqda. Bundan chetlanish lozim.
26 May 2022, 16:58 | Savol-javoblar | 203 | Turli savollar