Etkazilgan zarar
Assalomu alaykum! Men savdo do‘konlariga qopcha(upakofka)lar etkazib beraman. Qopchalarni o‘zim tayyorlamayman, men buyurtmani olaman tsex egalariga tayyorlatib sotuvchilarga etkazib beraman va shulardan menga ham foyda qoladi. Qopchalarning sifatini imkon qadar tekshiraman(100%tekshirish juda qiyin), lekin ba’zida shu qopchalar yoroqsiz ketib qolib sotuvchining mahsulotlari nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shunda ba’zi sotuvchilar etkazilgan zararni to‘liq yoki qisman qoplashni talab qilsa, ayrimlari esa zararni o‘z bo‘ynilariga olishadi. Men ularning talabidan kelib chiqib ish tutaman. Yoroqsiz qopchalarni tsex egalariga qaytarib joyiga - joy boshqa olaman. Tsex egalari faqat yaroqsiz mahsulotlarni yaroqlisiga almashtirib, bir tomonlama (sifatsiz mahsulotni qaytargandagi) transport xarajatlarni qoplashadi. Sotuvchi kerak emas desa ham zararni qoplashimiz kerakmi? Shu holatda etkazilgan zararni men ishlab chiqaruvchi orasida qanday taqsimlasak to‘g‘ri bo‘ladi? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kelishuv asosida taqsimlaysizlar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 08:50 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kelishuv asosida taqsimlaysizlar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 08:50 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat