Bobomizni kassalik holatidagi namozlari

Assalomu alaykum! Bizning bobomiz 84 kirdilar Allohga shukur 5maxal nomoz o‘qib ham Qur’on o‘qirdilar. Baxtsiz xodisa bo‘lib 7 oylar ilgari taz soxasi, ikkala oyok, o‘ng qo‘llari sindi va siydik qopidan shlanka ulangan va xar doim siydik chiqadi. Infarktni xam o‘tkizdilar. O‘rnilaridan turmaydilar faqat yotadilar. Savolim shuki, ular xam qandaydir yo‘l bilan nomoz o‘qishlari mumkinmi? Shifokorlar bundan yaxshi bo‘lmasliklarini aytishyapti. 2. Biz borganimizda ular tinmay yig‘lar va Allohdanda umrimga roziman o‘lsam xam mayli edi deb tinmaydilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uzrli kishining kiyimi
Qon, siydik yoki yiring to‘xtamay oqib turgani sabab namoz o‘qish uchun kiyimini pok saqlab tura olmasa va almashtirish uchun fursat (masalan 1-2 daqiqa) ham topa olmasa  kiyimini yuvib poklashi yoki almashtirishi zarur emas. O‘sha kiyimida namoz o‘qiyveradi.
Agar qon, siydik yoki yiring oqib turishi vaqtli bo‘lib orada kiyimini almashtirish yoki yuvib olish uchun fursat bo‘ladigan bo‘lsa almashtirish yoki yuvib olishi zarur bo‘ladi. وإن سال على ثوبه  فوق الدرهم جاز له أن لا يغسله إن كان لو غسله تنجس قبل الفراغ منها  أي الصلاة ( وإلا ) يتنجس قبل فراغه ( فلا ) يجوز ترك غسله هو المختار للفتوى  (Uzrli namozxonning) kiyimiga dirxam(hajmi)dan katta miqdorda  oqsa va yuvsa namoz o‘qib bo‘lishidan oldin yana najosat bo‘lib qoladigan bo‘lsa yuvmasdan namoz o‘qiyverishi joiz.
Agar namozini tugatgunicha najosat oqmay tursa yuvishni tark qilishi joiz bo‘lmaydi. (Durrul muhtor).
Uzrli kishilarning kiyim va yotoqlari
Uzrli kishi bemor bo‘lib yotib qolgan bo‘lib kiyimiga yoki ostiga solingan to‘shamalariga tegib ularni almashtirish mashaqqat tug‘dirsa o‘sha holida namoz o‘qiyveradi. مريض تحته ثياب نجسة وكلما بسط شيئا تنجس من ساعته صلى على حاله وكذا لو لم يتنجس إلا أنه يلحقه مشقة بتحريكه  Ostida najosat (choyshab) matosi bor bemor har safar matosi  almashtirilganida o‘sha zahoti najosat bo‘lib qolaveradigan bo‘lsa o‘sha holida namoz o‘qiyveradi.
Shuningdek ( choyshabi almashtirilsa keyingisi tezdan) najosat bo‘lmaydi lekin bemor qimirlatilsa unga tanglik etadigan bo‘lsa ,  o‘sha holida namoz o‘qiyveradi.  
Siydigi elim ichak (shlang) bilan tashqariga chiqarib qo‘yilgan  bemor
Davolanishi uchun siydik chiqarish yo‘li o‘zgartirilib yonboshidan peshobi bir idishga to‘planadigan bemorlar ham uzrli kishilardan hisoblanadi. O‘sha holida namoz o‘qishlari mumkin. Yonidagi idishdagi najosat namoz durusligiga zarar bermaydi.  
Istinjo (suv bilan poklanish) masalasi
Namozxonning chap qo‘lida  jarohat bo‘lib  u bilan istinjo qilish mashaqqat tug‘dirsa o‘ng qo‘li bilan hech karohiyatsiz poklanishi mumkin. وإذا كان بِالْيُسْرَى عُذْرٌ يَمْنَعُ الِاسْتِنْجَاءَ بها جَازَ أَنْ يَسْتَنْجِيَ بِيَمِينِهِ من غَيْرِ كَرَاهَةٍ  Agar chap qo‘lida u bilan istinjo qilishdan man qiladigan uzri bo‘lsa hech karohiyatsiz o‘ng qo‘li bilan istinjo qilishi mumkin. (Fatavoi Hindiya).
Bemor erkak yoki ayol bo‘lsin o‘zlari tahorat olishga qodir bo‘lmasalar o‘zganing xizmatidan foydalanib tahorat olishlari mumkin.
Bemor o‘zi istinjo qila olmasa o‘g‘li, qizi,  onasi yoki biror o‘zga kishi istinjo qildirishi mumkin emas. الرَّجُلُ الْمَرِيضُ إذَا لم يَكُنْ له امْرَأَةٌ وَلَا أَمَةٌ وَلَهُ ابْنٌ أو أَخٌ وهو لَا يَقْدِرُ على الْوُضُوءِ فإنه يُوَضِّئُهُ ابْنُهُ أو أَخُوهُ غير الِاسْتِنْجَاءِ فإنه لَا يَمَسُّ فَرْجَهُ وَسَقَطَ عنه الِاسْتِنْجَاءُ Bemorning xotini yoki joriyasi bo‘lmay o‘g‘li yoki aka-ukasi bo‘lib o‘zi tahorat olishga yaramasa o‘g‘li yoki aka-ukasi istinjo qildirmay tahorat qilidrishlari mumukin. Chunki o‘g‘li yoki aka-ukasi uning avratini ushlamaydilar. Bemordan istinjo qilish soqit bo‘ladi. الْمَرْأَةُ الْمَرِيضَةُ إذَا لم يَكُنْ لها زَوْجٌ وَعَجَزَتْ عن الْوُضُوءِ وَلَهَا ابْنَةٌ أو أُخْتٌ تُوَضِّئُهَا وَيَسْقُطُ عنها الِاسْتِنْجَاءُ  Bemor ayol kishi bo‘lib eri bo‘lmasa o‘zi tahorat olishdan ojiz bo‘lsa qizi yoki opa-singlisi istinjo qildirmay tahorat qildirib qo‘yishi mumkin.
 Bemor erkak yoki ayol bo‘lsa o‘z xotini yoki o‘z eri istinjo qildirib qo‘yishi mumkin.
Bu hukm yuqoridagi oxirgi ikki suratdan ham ma’lum bo‘lib turibdi.
Agar bemorlik sabab o‘tirib istinjo qilishga qodir bo‘lmasa turib poklanishi mumukin. وَيُكْرَهُ أَنْ يَبُولَ قَائِمًا أو مُضْطَجِعًا أو مُتَجَرِّدًا عن ثَوْبِهِ من غَيْرِ عُذْرٍ فَإِنْ كان بِعُذْرٍ فَلَا بَأْسَ بِهِ Hech bir uzrsiz tik turib, osmonga qarab yotib olib, yoki butunlay yalong‘och bo‘lib olib  siyish makruhdir.  Agar uzrli bo‘lsa zarari yo‘q. (Fatavoi Hindiya). Vallohu a’lam!

3 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 140 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar