Quron kitob meros qoldirish haqida

Assalomu alaykum! Qur’on kitob meros qoldirish deganda uyda meros qoldirish nazarda tutilganmi yoki masjid-madraslarda qoldirishmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkalasi ham. «Meros qoldirgan Qur’oni».
Tiriklik chog‘ida o‘zi o‘qib yurgan Qur’onni birovga meros qoldirsa va o‘sha Qur’on muntazam o‘qib turilsa, undan birinchi egasiga savob etib turadi. Agar Qur’on meros qoldirilmasa, bunday baxtdan mahrum bo‘ladi. Ba’zi yurt va xalqlarda umuman, Qur’oni yo‘q odamlar, Qur’on o‘qiy olmaydigan odamlar ko‘p. Ular ushbu baxtdan mahrumdirlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
 Shu bilan birga masjidlarga Alloh yo‘liga vaqf qilingan Qur’onlar ham kiradi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:05 | Savol-javoblar | 170 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar