Eski yoki majburiy qarz

1992-93-yillar chamasi, dadamning bir ukaxoni bor edi. Bir kuni shu odam dadamni kafil qilib, sudxo‘rdan katta miqdorda dollar qarz olgan. Ancha vaqt o‘tib, dadam Rossiyaga ketadigan kuni ukaxoni “aeroportga tashlab qo‘yaman” deb, mashinasiga dadamni o‘tqizgan. O‘sha odam yo‘lda 3, 4 ta aka-ukasini mashinaga chiqaribdi. Ukaxoni ovloq joyga olib borib, aka-ukalar hammasi dadamni o‘rtaga olishib do‘pposlashib, ukaxoni olgan qarzni to‘lashlik haqida tilxat yozdirib olishibdi. Dadam ham ilojsizlikdan yozib bergan. Shundan keyin bizga qora kunlar boshlandi. Qarzdor pulini so‘rashni boshladi, dadamda uncha pul yo‘q, natijada dadam "birini shapkasini boshqasiga kiydira boshlagan". Oqibatda haqdorlar ko‘paydi. Mana sal kam 20 yildirki qarzi kamaymadi. Oilamiz parokanda bo‘lib ketdi. Endi shu qarzlar oxiratda kimning zimmasiga bo‘ladi? Axir ular dadamni majburlashganku? Oilamizning uvolichi? Iltimos oydinlik kiritib bering! Dadam “oxiratda qiynalib qolmasmikan” deb achinaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha zulmkorlarga bo‘ladi.

26 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar