Qushlarni so‘yish

Assalomu alaykum! Bir dugonamning otasi ba’zida ovchilik bilan shug‘ullanadi. Qushlarni qurol bilan otib tushirganda, ularning ba’zisi o‘lmay qolgan bo‘ladi. Dugonamga qushlarni tozalash uchun berishadi, u esa tiriklarini so‘yib berishga erkak kishini topolmay, qush qiynalmasin va harom o‘lmasin deb noiloj dugonamni o‘zi, qiblaga qaratib, Bismillohni aytib boshini kesib tashlaydi. Bu ishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayol kishining so‘ygani halol. So‘yuvchi faqat erkak bo‘lsin degan shart yo‘q. Musulmon yoki ahli kitob shariatga muvofiq tig‘ bilan so‘ysa bo‘ldi. Jonivorning kallasini qo‘li bilan uzib tashlasa, garchi tasmiya aytsada halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar