Emikdoshlik haqida

Yaqinda oilamizda 2 farzand tug‘ildi. Avval ukam qiz farzandli bo‘ldi, so‘ng men o‘g‘il farzandli bo‘ldim, Alhamdulillah. Lekin bu bolalarni birga katta bo‘lishi, keyinchalik birga o‘ynashi, birga maktabga borishi, ko‘p vaqtlarini birga o‘tkazishlari bizni sal tashvishlantirmoqda (ya’ni ularni bir-biriga nomahramliklari). Shu sababdan, keyinchalik bunday tangliklar yuzaga chiqmasligi uchun, ularni yoshlik chog‘lari bir-birlarini onalariga emizib, emikdosh qilib qo‘ysa bo‘ladimi? Yoki bunday qilish durust emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ixtiyor o‘zlaringda. Har kimning sharoiti har xil bo‘ladi. Yaxshilab o‘ylanglar.

26 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar