Qaynonamga qanday tushuntiray?
Mening turmush qurganimga 3 yildan oshdi. Shu 3 yil mobaynida ota-onamni ko‘rish uchun bir oyda bir marta borishga ruxsat berishadi. Borish bormasligimni erim emas, qaynonam hal qiladilar. Bir oy bo‘lmasdan (3 haftada) borib kelay desam, “yo‘q, men qachon lozim topsam shunda borasiz, ruxsat so‘rab o‘tirmang. O‘zim aytganimda borasiz” deb qaynonam urushadilar. “Sababi nima yubormasligingizni?” desam, “men sizga hamma narsaning sababini aytaverishim kerakmi? deydilar. Axir men ota-onamdan xabar olishim kerak, ularni sog‘inib ketdim” desam, “men ham ko‘p narsalarni sog‘inaman, ba’zilar 1 yilda bir borishadi qizlik uylariga, siz bir oyda bir borishingizga rahmat deng” deb meni umuman tushunmaydilar. Iltimos, ularga qanday tushuntirishimni maslahat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizdan boshqa o‘sha ayolga gapi o‘tadigan kishilar tushuntirsin. Bu ishi odamgarchilikka, musulmonchilikka to‘g‘ri kelmasligini aytishsin.
26 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar