Shariat va sharoit

Ustoz "Qismatim kelajagi" nomli savolimga: “Sabr qilib, shariatga ko‘ra ish tutish maslahat beriladi” - deb javob beribsiz. Shariatda oila quruvchilarga 7 qoida asosida nikohdan o‘tish baën qilingan ekan. Tahlil qildim, bizning sharoitimiz shariatdagi 7 shartni barchasiga javob berar ekan. Ustoz, o‘sha menga uylanmoqchi bo‘lgan yigitga "Qiz bolaga uylan. Sevsang ikkinchi xotin qil, onangni rozi qil" deb maslahat beruvchilar mingta. Ammo "kuygan qizni 6 yil umrini o‘tkazding, uylanaman deb otasiga ham lafz qilding. Muqaddas Qur’oni Karim ila qasam ichib ishontirding, endi va’dangni bajar, barcha qiyinchilik va to‘siqlarni engib, uni baxtli qil" deguvchi bir inson yo‘q. Ustoz, men bu holatda haqmanmi ëki nohaqmanmi? Men nima qilsam to‘g‘ri yo‘lni tutgan bo‘laman?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Haqsiz. Ammo shariatni iloji boricha o‘rganing, kam bo‘lmaysiz.

26 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar