Iftor vaqtida ro‘zani ochish

Assalomu alaykum! 1. Iftor vaqti kirib qolganida, ro‘zador kishi yig‘ilish (majlis)da bo‘lib, yonida suv ichish yoki xurmo eyishga imkoni bo‘lmasa, og‘iz ochish duosini o‘qisa xam ro‘zasi ochilaveradimi yoki og‘iz ochish duosini o‘qisa xam, biror narsa eb ichmagunicha ro‘za ochilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyosh botganidan so‘ng bandaning ro‘zasi o‘z o‘zidan nihoyasiga etadi. Bundan keyin ham eb-ichishdan tiyilib turishda savob yo‘q. Iftorlikni tezlatish sunnatdir. O‘zingiz bilan birga bir dona hurmo yoki suv olib yursangiz shu sunnatga amal qilishga muyassar bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 139 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar