Istixora natijasi

Assalomu alaykum! Men univetsitetda o‘qiyman. Bakalavr bosqichini tamomlab chet elda magistr o‘qishni reja qilib turgan edim. Lekin bir ilmli insondan maslahat so‘rasam avval istixora qilib ko‘rgan yaxshi dedi. Lekin istixorani natijasini bilolmayabman. Shayx hazratlari aytganlaridek birinchi rakatda kafirun ikkinchi rakatda ixlos surasini o‘qib, keyin istixora duosini o‘qiyman. Ko‘pincha istixorani uxlashdan oldin o‘qib, tahoratli o‘ng tarafim bilan yotib uxlayman. Istixoraning shartiga ko‘ra bu ishimni o‘ylamay yurishga harakat qilaman. Istixora uzog‘i bilan 7 kungacha qilinadi deb eshitganman. Lekin hech tushda kelgan xabarni ko‘rmayabman. Istixoradan oldin shu  ishni qilishga menda moyillik bor lekin hozir ham moyillik bor. Qanday maslahat berasizlar? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Istixoradan maqsad bir qarorga kelish. Tush e’tiborlik emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 187 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar