Uzr so‘rab

Sizga oldinroq bir savol yo‘llagan edim. O‘sha paytda vaziyatni yaxshi his qilmaganim uchun shoshib, “Yaqin Sharqdagi vaziyatlarga nega olimlar qarshilik qilmayapti?” deb savol yo‘llagan ekanman. Endi tushunib etdim. Noo‘rin bergan savolim uchun uzr so‘ramoqchiman. Bu erda kompyuter qarshisida o‘tirib savol berish oson ish ekan. Ammo har bir betayin savol sizning sog‘ligingizga, ruhiyatingizga ta’sir qilishini o‘ylab qolib, shu qarorga keldim. Endi savol berishdan ko‘ra, ilm o‘qishni afzalligini bildim. Biz u erlarda nima bo‘layotganini bilmaymiz, internetdan olgan xabarimiz bilan xulosa chiqarayotgan ekanmiz. Alloh sog‘ligingizni bardavom qilsin. O‘zi to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tashakkur! Alloh taolo boshqalarni ham sizdan o‘rnak olishlarini nasib qilsin!

26 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar