Taloq masalasida menga yordam bersangiz

Do‘stim ayolini ota-onasining oldiga bir necha kun muddatga jo‘natib yuborgan edi. Shu orada do‘stim ayolini ko‘rgani qaynota va qaynonasi xonadoniga mast holatda borgan. Shu holatda uyga kirgani hijolat bo‘lganidan o‘z ayolini tashqariga chaqirib gaplashayotgan vaqtda qaynotasi qiziga "uyga kir" deb o‘dag‘aylab beribdi. Do‘stim "Dada hozir kirgazib yuboraman" debdi. Shunda qizning otasi jahl holatda "uyga kir" deb takroran baqirgan. Bu gapga do‘stimning jahli chiqib qaynotasi bilan janjallashib ketgan. Qizning otasi bir necha bor yomon so‘zlar bilan haqorat qilgan. Bu holatga chiday olmay, qizning oila a’zolariga qarab "Hammangga uch taloq" deb aytib yuborgan. Endi u bola qanday yo‘l tutsa o‘z oilasini saqlab qoladi? Shunga maslahat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Diniy idoraga boringlar.

26 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 127 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar