Chap qo‘l masalasi
Assalamu alaykum shayx Hazratlari! Ustoz, sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Avval berilgan bo‘lsa ming bor UZR! Hazrat, bir do‘stim bor. Risoladagidek ayoli, ibrat bo‘ladigan oilasi bor. O‘zi ham yaxshi yigit. Xullas, shu do‘stimning ikki yoshdan oshgan qizchasi bor. Ismi Muzayyana. Muzayyana, ovqatlanishda o‘ng qo‘ldan, qalam, ruchkadan esa, chap qo‘lda foydalanayotgan ekan. Hazrat, kitoblaringizni, "Zikr ahlidan so‘rang" va savollar.islom.uz dagi savollarga berilgan javoblaringizni o‘qib, olgan ilmimdan xulosa qilib, do‘stimga ruchka va qalamdan chap qo‘ldan foydalansa bo‘lsa kerak, deb aytgandim (chunki, sizni vaqtingizni olgim kelmagandi), lekin baribir ko‘nglim bo‘lmay sizga savol berdim. Savolda kamchilik bo‘lsa hamda vaqtingizni olganim uchun uzr! ALLOH umringizni uzoq qilib, xalqimizning diniy savodxonligini oshirishda qilayotgan xizmatlaringizga juda ko‘p ajru savoblar bersin! Omiyn!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri aytgansiz.
29 Aprel 2022, 13:47 | Savol-javoblar | 160 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri aytgansiz.
29 Aprel 2022, 13:47 | Savol-javoblar | 160 | Boshqa ibodatlar