Janozaga qatnashishni man qilish haqida

Umringizga, rizqingizga Allohim baraka bersin. Mening umr yo‘ldoshim Toshkent shahridagi Novomoskovskiy tarafda bir kimsaga dam soldirib, o‘qitib yuradi. O‘sha kimsa "Siz odamlisiz, har doim o‘zingizni o‘qitib yurishingiz kerak. Hozir bo‘yningizga olmasangiz ham keyinchalik baribir olasiz. Janoza namoziga qatnashmang. Odamli bo‘lganingiz uchun qatnashish mumkin emas sizga. Keyinchalik fotihaga borib kelsangiz bo‘ldi..." deb aytgan. O‘sha qabih odamning gapiga kirib, janozaga bormayaptilar. Faqat fotiha o‘qib keladilar xolos. Bir-ikki gapirdim, ta’sir qilmadi. Bunday paytda qanday yo‘l tutay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizdan boshqa gapi o‘tadiganlar tushuntirsin.

26 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar