Jaloliddin Muhammad Akbar Shoh haqida
Men tarixga juda ham qiziqaman. Vatanimiz va dunyo tarixlarini o‘rganishni o‘zimga sevimli mashg‘ulot qilib olganman. Buyuk Islom sarkardalari va hukmdorlarining tarixiy hayotlarini turli xil manbalardan o‘qib chiqaman. Oxirgi payt temuriy hukmdor, Hindiston Turk Imperatorligining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur nevarasi bo‘lgan Jaloliddin Muhammad Akbar shoh haqida kitoblar o‘qidim. Akbar Shohning davlatda olib borgan diniy siyosati meni biroz o‘ylantirib qo‘ydi. U inson dinlar orasida totuvlikni saqlash uchun, boshqa dinlarning rivojlanishiga imkon bergan. Boshqa diniy urf-odatlarni bajargan. Men Akbar Shohni Islom diniga xizmat qilgan buyuk hukmdor deb bilardim. Rostdan ham shundaymi? Shu sababdan, sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan savolim va iltimosim, agar shu mavzuda ma’lumotga ega bo‘lsangiz, bizlar bilan baham ko‘rsangiz. Bu inson haqida fikrlashimni sizning fikrlaringiz bilan uyg‘unlashtirmoqchiman. Hurmat va duolarim bilan Umar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Men kitob yozib qo‘ydim. Duo qilib turing. Chop etilsa o‘qiysiz.
26 May 2022, 17:14 | Savol-javoblar | 216 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Men kitob yozib qo‘ydim. Duo qilib turing. Chop etilsa o‘qiysiz.
26 May 2022, 17:14 | Savol-javoblar | 216 | Turli savollar