Eski qarzimni qaytarish

Assalamu alaykum! 1). Bir necha yil avval bir insonning mashinasiga, taksiga o‘tirgan edim. Pulimni unutib qoldiribman, dugonamga qung‘iroq qilib, borganimda pulini tezroq olib chiqishini aytdim. Borganimizda tezroq chiq deganimga shoshib, u ham pulni olib chiqishni unutibdi. Taksis amaki 70yoshlar atrofida edilar, bir nima deb so‘kindilarmi xullas, jaxllari chiqib eshikni yop deb, so‘zlarimni eshitmay tez xaydab ketdilar. Shu bo‘yi u insonni ko‘rmadim. 4 yoki 5 yil avval edi. 2500so‘m qarz bo‘lib qoldim deb o‘ylanaverib, xavotirga tushishimni aytgan edim. U insonni topib, haqni o‘ziga berishga majbursiz deb javob beribsiz. U insonni tanimayman ham. Endi oxiratga qoldimi? Javobingizni eshitib, qo‘rqib ketayapman. Meni yana qanday choram bor? Iltimos, yordam beringlar. 2). Svet, gazni davlatdan yashirincha ishlatish harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Uning nomidan sadaqa qilasiz. Mabodo topilsa yana qaytib to‘laysiz. 2). Bu yog‘i vijdoningizga bog‘liq.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar