Bepul kelgan buyumga pul olish

Ustoz men yaqinda bir insonni telefon dasturini yangilab berish maqsadida olib, buzib qo‘ydim. U holatda telefonni faqat ustalarga berib tuzatish mumkin edi. Shunda bir kasbdoshim “men ham harakat qilib ko‘ray” deb battar buzib qo‘ydi. Keyin men bir tanishimga aytib xuddi shunday telefon olib keltirdim. U esa mendan pulini olmadi. Kasbdoshim “shu pulni yarimini beraman” deb aytdi. Shu holatda ushbu telefonni bozordagi narxini bilib, undan pul olishim men uchun halolmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Telefonni sotib o‘zingiz pulingizni qaytarib oling. Birinchi telefon egasi pulni olmagan bo‘lsa, siz qanday qilib olasiz?!

26 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar