Buvim namoz o‘qimaganlar

Assalomu aleykum! Buvim olamdan o‘tganlar, juda yaxshi muslima ayol edilar, lekin namoz o‘qimaganlar. Qizlari va nevaralari o‘lgan buvimga namoz savoblarini qanday yuborsak bo‘ladi. Qanday ammalar qilsak buvimga namoz o‘qiganlik savoblari tegadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz o‘qimaslik Allohning nazdida eng og‘ir gunoh. Alloh taolo "Maa’uun" surasida marhamat qiladi: فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ۝الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir.Xalqimizga namoz o‘qimaslik insonni do‘zaxi bo‘lishiga kifoya qiluvchi ish ekanligini bildirish vaqt keldi. Aks holda o‘zlarini xulqi go‘zal yoki ehsonlarini e’tiborga olib aldanib yurganlarini yoki o‘zlarini o‘zi aldab yurganlarnini aytmaganligimiz uchun oxiratda javobgarlikka tortilmaylik. Chunki eng xatarli ish inson o‘zi kasal bo‘lib, kasalligini bilmasligi yoki tan olmasligidir. Shariatimizda ado qilinmagan namoz va ro‘zalarni fidyasi joriy qilgan. Fidya deb saytimiz “Izlash xizmati”dan foydalaning. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:00 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar