Hayolparastlik haqida
Hazrat, men o‘ta hayolparastman. Hattoki ba’zida suhbatdoshimning gaplarini ham eshitmay (anglamay) qolaman. Doim o‘zim bilan o‘zim hayolan gaplashib yuraman. Bu dardimga qanday qilib davo topsam bo‘ladi. Hadislardan, ulamolarimizning hikmatli gaplari va o‘zingizning fikringiz bilan menga yordam bering iltimos. Shu hayolparastligimdanmi, menga doim kimdir (inson) nazar qilib turgandek tuyulaveradi. Hatto yolg‘iz namoz va Qur’on o‘qiyotganimda ham. Shuning uchun qaysidir ma’noda namozimni va qiroatimni chiroyliroq o‘qishga harakat qilayotgandekman. Bunda ibodatlarim riyo bo‘lib qolmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yolg‘izlikdan chetlaning. Alloh taoloning zikrini ovoz chiqarib qiling. Qur’oni Karimni ovoz bilan o‘qishni ko‘paytiring. Alloh taolodan bu holatdan qutilishni so‘rab duo qiling.
26 May 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar