Bobo nabirasini qotili bo‘ladimi?

Bu savolni berishni o‘zi uyat. Mahallada bir achinarli hodisa yuz berdi. Buni boshqalarga o‘rnak tariqasida ham yozmoqdaman. Bir xonadonda to‘y bo‘ldi. Yosh oila. Vaqt o‘tib eri betavfiq ekan, qimorbozlik qilib hamma narsani yutqazib, oxiri xotinigacha tikib yuborgan. Xotin uydan qochgan. Kelinning uyidagilar ayniqsa, ota bundan norozi bo‘lib qizini ajratib olgan. Keyin bilishsa, kelin homilador ekan. Qizning otasi “qimorboz, xotinini qimorga tikkan insondan bola ko‘rmaysan” deb maslahat qilib, 3.5 oylik bolani oldirtirib tashlagan. Bola o‘g‘il farzand ekan, Alloh rahmat qilsin. U ko‘mildi. Xullas ahmoqgarchilik ketidan ahmoqgarchilik. Gunoh ketidan gunoh. Mening achinganim, begunoh vafot topgan murg‘ak jon bo‘ldi. Ona o‘z farzandini o‘limiga rozi bo‘ladimi? Bobo nabirasini qotili bo‘ladimi? Qizini baxtsiz qiladimi? Er degan, xotinini qornidagi bolasi bilan qimorga tikadimi axir?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Islom bo‘lmasa, bundan ham battar bo‘ladi! O‘shalar Alloh taoloning dinidan bir oz xabardor bo‘lganlarida shuncha betamizlikni qilmagan bo‘lar edilar.

26 May 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar