Qiz bolaga 7 kun juvonga 3 kun

Assalamu alekum Shayx xazratlari.Yaqin kunlarida nikoh to‘yim munosabati bilan Hadis va hayotning 13chi juzini o‘qigandim. Shunda Qiz bolaga 7 kun juvonga 3 kun mavzusi yuzasidan savol tug‘ildi:1. Shu mavzu bo‘yicha keltirilgan hadislarda faqatgina qo‘shxotinlik vaziyati ko‘rsatilgan ekan. Men 1chi uylanishim. Ushbu hadisga amal qilishim kerakmi?2. 7kun va 3kun deyilishidan murod shu kunlarda ketma-ket yaqinlik qilish nazarda tutilganmi? yoki yangi kelinni yolg‘iz qoldirmaslik nazarda tutilganmi?Javobingiz uchun oldindan rahmat. Yangi qurayotga oilamiz haqqiga duo qilsangiz. Alloh sizu bizdan rozi bo‘lsin. Assalamu alekum va rohmatullohi va barokatuh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu xotin ustiga xotin olgandagi ish. Ya’ni, ikkinchi xotin qiz bo‘lsa, uning oldida er etti kun qolib, sakkizinchi kuni katta xotinning olida yotadi va keyin bir kun unisi bilan, bir kun bunisi bilan bo‘ladi.Bu bobning sizga tegishli joyi yo‘q.

28 Aprel 2022, 18:27 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar