Pichoq o‘g‘risi

Assalomu alaykum! Aytishlaricha pichoq o‘g‘risi bo‘lmas ekan, ya’ni pichoqni so‘rab olishmas o‘g‘irlab olsa bolarkan, bu ayb ish hisoblanmasakan. Shu gap qanchalik to‘g‘ri. Axir pichoqniyam pulga sotib olinadiku, o‘g‘irlasa birovning haqqi hisoblanmaydimi? Javobiz uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xalqimiz orasidagi “Kitob o‘g‘risi o‘g‘ri emas” yoki “Pichoqni o‘g‘irlab olsa ayb ish emas” degan va boshqa shu kabi gaplar shariat hukmida kufr so‘z hisoblanadi. Chunki kitob ham pichoq ham nima bo‘lishidan qat’iy nazar boshqa narsa ham birovning mulki bo‘lib, so‘ramasdan olish o‘g‘irlikdir. O‘g‘irlikni esa Alloh taolo Qur’oni karimda harom qilgan. Qur’oni karimda ochiq-oydin harom qilingan narsani halol deyish kufr hisoblanadi. Shuning uchun “Bug‘doy o‘g‘risi kofir emas, somon o‘g‘risi kofir” deyilgan. Chunki bug‘doy o‘g‘risi o‘g‘irlik qilayotganida “Allohim men o‘g‘irlik qilayapman O‘zing kechir” deb o‘g‘irlik qiladi. Somon o‘g‘risi esa “Bu arzimas narsa o‘g‘irlikka  kirmaydi” deb o‘ziga o‘shani halol sanab o‘g‘irlaydi. O‘sha gapni aytganlar qattiq tavba qilsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:15 | Savol-javoblar | 205 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar