Tuxmat va taziyq tufayli aytilgan uch taloq
Assalomu alaykum! Qaynonam kovid tufayli vafot etdilar. Afsuski o‘limlaridan 1 oy oldin meni uyimga haydab yuborib 2ta qizlariga meni “qo‘yur arzalab ketdi” deb aytganlar. Men bu zulm tufayli "2ta farzandlarimi etim qilmoqchi bo‘lganlarni Allohim etim qilsin" deb erimga yozgan edim. Qaynonam o‘lgach qayinegachim meni ayblab erimga uch taloqni ayttirib yubordi. Erim ham alamda shokda jigari yo jigarlaring yo hotining deganiga yuragi og‘rib aytib yubordi. 10yillik turmushimiz davomida baxtli yashadik. Erim bitta o‘g‘il unga qiyin deb. Mazluma bo‘lib yurganman. Erimni bilaman juda yaxshi ota, o‘g‘il, inson. Faqat diniy bilimi yo‘q, uch taloq deb, uchmarta taloqsan degan. Azadagi marosimlar tugagach yuragi og‘rib onamni ruxidan o‘tolmayman deb “taloqsan, taloqsan 3taloqsan” deb aytib uyimga tashlab ketdi. U so‘zni ma’nosini o‘zi yaxshi anglamaydi. Namoz o‘qimaydi, hatto hayit namoziga chiqmaydi. Bu so‘zlarni gapir deyishganiga aytdi. Keyinchalik afsuslanishini bilaman. Farzandlari ichikib kasal bo‘layapti, 1ta o‘g‘il bolib hammani ko‘nglini olaman deb o‘zining yuragi kasal bo‘lib bo‘lgan. Guldek o‘qimishli, ziyoli, baxtli, o‘sha oilamizni tiklay olamanmi?! Iltimos javobimni bee’tibor qoldirmang. Qaynotam “yashagin, kelinim tilla, nabiralarimni sog‘indim, onangdan keyin meni ovunchog‘imku” desa ham qizlari “ada siz aralashmang” deb qaynotamga zug‘um qilishayapti. Iltimos yo‘l ko‘rsating! Bu taloqni haqiqiy deb bo‘ladimi?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinni bilmasligi uzr emas. Sizga eringiz halol bo‘lmaydi. Umringizni zinoda o‘tkazmang. Benamoz inson Allohning nazdida eng jirkanch maxluq hisoblanadi. Shuning uchun do‘zaxdan unga vayl bo‘lishini Qur’onda bayon qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vaylni tafsir qilib, “U do‘zaxdagi bir chuqur bo‘lib, kofir uning tubiga etguncha qirq kuz o‘tadi” deganlar. Imom Ahmad rivoyati. Siz nima deb maqtasangiz ham og‘izdan noto‘g‘ri gapni aytib qo‘yibdi. Unga bu gap noto‘g‘riligini bilishi uchun aql-farosat berildi va umr berildi. O‘zi o‘rganishni xohlamasa kim nima deya oladi? Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 130 | Oila va turmush