Sunnat yoki vitr o‘qiguvchiga iqtido qilsa bo‘ladimi?

Biz Misrdagi “Azhar universiteti”da ta’lim olamiz. Gohida namozning biror rak’atiga ulgurmay qolib, salomdan keyin tamomlash uchun turganimizda yoki sunnat, vitr namozlarini o‘qiyotganimizda ko‘pincha bizga tashqaridan kelgan boshqa odam iqtido qilib yuboradi. Misr aholisining aksariyati Shofiy mazhabida, bemazhablar ham kam emas. Shofiylarda bu joiz ekan. Shu holatda biz qanday yo‘l tutishimiz kerak? Namozni jahriy qilamizmi? Shu ishda yordam bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
“Bizda joiz emas”, deb aytasiz.

26 May 2022, 17:35 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar