ZAGSdan ajrashish
Assalomu alaykum! Men yakinda bir ayolga uylanmoqchiman. U oldingi nikohidan ZAGS orqali ajrashganiga 4 yil bo‘lgan. Lekin eridan taloq so‘zini eshitmagan, eri ham shar’iy taloq qo‘ymagan. Faqat ajrashish xujjatlariga imzo qo‘yishgan xolos. Savolim shundan iboratki, ZAGS bo‘limidagi rasmiy ajrashish ham taloq o‘rniga o‘tadimi? U ayolga taloq tushganmi va unga uylansam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ajrashish vaqtida taloqqa dalolat qiluvchi “Bo‘ldi sen bilan qaytib yashamayman, boshqa erga tegaver, endi xotinim emassan” kabi so‘zlardan birortasini aytgan yoki aytmaganini aniqlash kerak. Chunki taloq tushishi faqat taloq so‘zigagina bog‘liq bo‘lmay, yuqoridagi taloqqa dalolat qiluvchi so‘zlar bilan ham tushadi. Xususan o‘sha gaplar ajrashish vaqtida aytilgan bo‘lsa. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:32 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush