Riboviy farqni kimga qaytarishim kerak?
Bilimsizlik tufayli bir nech yil avval ikki shaxs bilan naqd-perechislenie pul almashtirish muomalasi qilganman. Ya’ni xar ikkalasining ham bank orqali o‘tkazgan pullarini foiz olib qolib naqdlashtirib berganman. Endilikda shu olib qolingan pullarni o‘z egalariga qaytarmoqchiman. Shu masalada ikki savolim bor edi. Iltimos, shunga javob bersangiz: 1) Aytaylik 6 yil oldin almashtirishlar oqibatida menga qolgan pul miqdori 3 million so‘m bo‘lsa, aynan shu summani qaytaramanmi yoki hozirgi kunda pul qadri tushganini hisobga olib, shu pulni indeksatsiya qilib ko‘proq qaytarishim kerakmi? 2) Ushbu muomalani qilgan har ikki shaxs yana shunday ishlarni boshqa odamlar orqali hozirgi kungacha amalga oshirishmoqda, buni noto‘g‘riligini aytsam ham, bundan qaytishmadi. Bundan tashqari, ulardan biri hamr iste’mol ham qiladi. Ya’ni ikkalalari ham noshar’iy ishlarni kiluvchilar. Shuni inobatga olib, pulni kambag‘allarga berganim afzalmi yoki o‘z egalariga qaytarishim kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Pulning qadri 33% dan ko‘p tushgan bo‘lsa, qiymati, bo‘lmasa o‘zi to‘lanadi. 2. Kambag‘allarga bering.
26 May 2022, 17:38 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Pulning qadri 33% dan ko‘p tushgan bo‘lsa, qiymati, bo‘lmasa o‘zi to‘lanadi. 2. Kambag‘allarga bering.
26 May 2022, 17:38 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar