Qarzmanmi

Assalomu alaykum! Men bir muslima ayolman, bir dugonam turmushga chiqish arafasida bo‘lajak qaynonasini surushtirishdi bir tanishimizni onasi u ayolni o‘tkir debdi dugonam menga aytdi. Meni xo‘jayinim chetda xo‘jayinim telefon qilganda gapdan gap chiqib boyagi gaplarni aytib qo‘yibman xo‘jayinim aralashma dedilar. Ancha vaqtdan keyin xali tanishimizni ko‘rib qoldim yo‘lda meni ko‘rib eringa sen aytinmi dedi men yolg‘on gapirishga Allohdan xayo qilib xa men aytdim yomon manoda emas dedim. U kelini eri rosa urshiyapti ekan, onamni gapini xammaga aytib yuribsanmi deb. Keyin meni rosa xaqortladi, xijobinga yarash ish qilmisanmi, bo‘yninga qarz qilib qo‘yaman, qaynonamdan uzur so‘rab kelasan dedi. Savolim shundaki uzur so‘rashim joyizmi, elkamda yuk bo‘lib qoladimi? Xo‘jayinim uzur so‘ramisan diyaptilar, lekin qanday yo‘l tutsam Robimni oldida to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘iybat qilgan bo‘lsangiz roziligini so‘rab qo‘ying va tavba qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar