Qizlarning poklanishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim xijolatli bo‘lsada so‘ramoqchiman. Avvaldan uzr so‘rayman. Xalqimizda turmushga chiqmagan qizlarni poklanishi mumkin emas(avrat tuklarini), yomon bo‘ladi degan gap bor. Ammo 5 vaqt namoz va Qur’on o‘qiydigan qizlar bunda nima qilishlari kerak. Agar muslima qizlar tozalansalar dinimizda qanday qaraladi? Iltimos kengrok tushuncha bersangizlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Erkak yoki ayol balog‘atga etishi bilan kindik va qo‘ltiq osti tuklarini qirq kungacha qoldirmasdan tozalashi sunnat amaldir. Qirq kundan kechiksa har bir qilgan ibodati makruhlik bilan ado bo‘ladi. Bir suvni misol qilsak ichgan har suviga go‘yo makruh narsa aralashib ichgan bo‘ladi.
Din dushmanlari qizlarni nozik nuqtasini topib shu zikr qilingan masalani hamda arafa kuni ro‘zani ertaroq ochgan baxtli bo‘ladi kabi harom, hatto kufr darajasidagi so‘zlarni singdirishgan. Ishbilarmonlarni nozik nuqtasini topib “Ishing yurishmay qolsa falon mozorga qurbonlik qilasan, qonini surkaysan” deyshadi. Eri bilan ko‘p chiqisholmaydigan ayollarga “Eringni o‘zinga isitib ol” kabi, muhtojlarga esa Allohni qo‘yib Hizrdan, avliyolardan madad so‘rashni singdirishgan. Kasal bo‘lganlarga esa qaysidir joylarga chiroq yoqish, is chiqarish, bir nimalarni atashni singdirishgan. Bu ishlarning eng past darajasi harom bo‘lsa, yuqori darajasi kufr va shikrdan iboratdir. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 18:38 | Savol-javoblar | 158 | Ayollarga oid masalalar