Namozim haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli "Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati. Avvalo oldingi savolimga javob berganingiz uchun sizlardan minnatdorman. Alloh ilmingizni ziyoda umringizni barakotli qilsin. Men uxlashimdan oldin quyidagi tartibda namoz o‘qib kelmoqdaman. Tahorat qilib, 2 rakat shukru vuzu’ namozini, keyin xufton namozini, keyin 4 rakat tahajjud namozini, keyin vitr namozini, jami bo‘lib 15 rakat namoz o‘qib keyin uxlashga yotaman. Bu namozlarim orasida tanaffus qilmayman. Shu ishim to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida maslahat berishingizni iltimos qilaman. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsangiz. Iltimos. Yana bir kichkina savol berishimga ruxsat bersangiz. Turli savollar bo‘limidan bildimki Tahajjud namozi 2 rakatdan 8 rakatgacha o‘qiladi, yaxshisi 4 rakat deyilgan ekan. 4 rakat tahajjud namozi peshin namozining 4 rakat sunnati kabi o‘qiladimi yoki har 2 rakatda salom berib alohida 2 rakatdan o‘qiladimi. Men 4 rakat tahajjud namozini peshin namozining 4 rakat sunnati kabi o‘qimoqdaman. Shu savollarimga javob berishingizni iltimos qilaman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Qilayotgan xayrli ishlaringizning savobini ko‘paytirib bersin. Amin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz chiroyli o‘qiyapsiz ekan, davom eting. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 176 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar